Barcha sifatli ta’lim olishga haqli

Jizzakh International Schoolda farzandlaringiz sifatli va bexavotir ta’lim olishiga kafolat beramiz. Farzandingiz kelajagi haqida qayg’urmang, hoziroq ariza qoldiring.

undefined yil+

Tajribamiz

undefined+

O'quvchilar

undefined+

O'qituvchilar

undefined+

Yo'nalishlar

Maktab haqida

“Fairies Garden” NTM ga “Jizzax International school” xususiy maktabi 2018 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Ingliz tili va matematikaga ixtisoslashtirilgan ushbu maktabda 5Q sistemasi asosida o‘quvchilarga ta’lim beriladi. Bu sistema asosida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasi bilan birga ularning qiziqishiga qarab iste’dodi rivojlantiriladi. Maktab ish faoliyati ertalab soat 8.00 dan kech soat 17.00 gacha qamrab olingan bo‘lib, bu vaqt mobaynida o‘quvchilar 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi. O‘quvchilar kun tartibi alohida programma asosida tashkillashtirilgan bo‘lib kun davomida ularning bandligi ta’minlanadi. O‘quvchilarga kun davomida davlat ta’lim standarti asossidagi fanlar bilan birga, turli xil qo‘shimcha: ijodiy, sport va fan to‘garaklari asosida ta’lim beriladi. Fan to‘garaklari ingliz tili, informatika, fizika va matematika kabi fanlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ingliz tili to‘garaklari Angliyaning “Cambridge” o‘quv sistemasi asosida tashkillashtirilgan, informatika darslarida esa IT texnologiyalari va robototexnika bo‘yicha ma’lumotlar beriladi.

Jizzakh International School haqidaJizzakh International School haqida
YouTube

Biz haqimizda video

Bizni tanlashingizga 5 sabab

5Q sistemasi

Insonlar har xil bo'lishi mumkin lekin aqliy, hissiy, ruhiy, vujudiy va ijtimoiy katta qobilyatlarga qodirdir. 5Q tizimi maqsadi insonda bor bo'lgan bu qobilyatlarni butunligicha kashf qilish va o'quvchilarni aqliy sog'lom, qalban sog'lom va ruhan sog'lom qilib yetishtirish.

O’quvchilarga e’tibor

Har bir o'quvchi bilan induvidual shug'ullanish uchun, ko'proq e'tibor berish uchun har bir sinfda o'quvchilar soni 20 tadan oshmaydi. Bitta sinfga bir emas ikkita o'qituvchi ma'sul hisoblanadi.

3 mahal ovqat

Maktab bolalari nonushta, tushlik, tushlikdan keyin bo'lgan holda 3 marta ovqatlanishlari mumkin. Qo'llari shirin oshpazlar milliy va yevropa taomlaridan har kun har xil ovqat tayyorlashadi.

Bepul to’garaklar

Darslardan tashqari o'quvchilar maktabdagi bepul 10 dan ortiq to'garaklarga qatnashishlari mumkin. Shaxmat, Robototexnika, Mohir qo'llar, Mentalniy arifmetika, Tabiiy fanlar, Rassomchilik, Kik-boks, Gimnastika, O'qish texnikasi, To'g'ri yozish kabi to'garaklar mavjud.

Xavfsizlik

Maktab hududida shaxsiy qo'riqlash tizimi mavjud. Maktab 24 soat davomida qo'riqlanadi. Maktab hududiga begonalar kirishi qa'tiyan ta'qiqlanadi. Bolalar maktabda xavfsizlikda bo'lishadi.

Ixtisoslashgan fanlar

Maktabda Ingliz tili va Matematika fanlariga ixtisoslashtirilib, haftasiga 10 soatgacha bu fanlardan darslar o'tiladi. Bolalarning bilim darajasiga qarab, guruhlarga bo'lingan holda o'z darajalaridagi guruhlarida o'qitiladi.

Elektron tizim

Elektron tizim

“Jizzakh International School”ning o’zini yagona elektron boshqaruv tizimi mavjud bo’lib undan o’qituvchilar va o’quvchilar foydalanishadi. Bizda sinflar, o’quvchilar, baholar, davomat, uyga vazifalar, testlar va dars jadvallari shu tizim orqali tuziladi. Qo’shimcha bizda o’zimizning “JIS Coin” mavjud bo’lib o’quvchilarga ularning olgan baholariga qarab tizim “JIS Coin” taqdim etadi.

Dars jadvali

Dars jadvali

Har bir sinf uchun dars jadvali tuziladi va har bir o’quvchi uchun uning o’zini sinfini dars jadvali ko’rinadi. Dars jadvalimizda soat nechadan nechagacha qaysi dars bo’lishi va u darslarni qaysi o’qituvchilar o’tishi ham ko’rsatilgan.

Davomat va baholar

Davomat va baholar

Bizda davomat va baholar barchasi elektron shaklda o’zimizning tizim orqali nazorat qilinadi. Har bir o’quvchi o’zini jurnali ko’rsatiladi ya’ni fanlardan qo’yilgan baho va davomatlar.

Elektron do'kon

Elektron do'kon

Bizda o’zimizning elektron do’konimiz mavjud va bundan o’quvchilarimiz foydalanishadi. Yuqorida aytilganidek har bir o’quvchi olgan bahosi evaziga “JIS Coin” taqdim etiladi va ular o’zlarining “JIS Coin”larini elektron do’konimizda ishlatishlari mumkin bo’ladi.

Qulay tizim

Qulay tizim

Har bir xodim, o’quvchi uchun tizimdan foydalanish imkon darajasida sodda va qulay qilingan. Foydalanuvchilar o’zlariga yoqqan mavzuni tanlashlari mumkin. Bundan tashqari tizimimiz faqat sayt emas smartfon va kompyuterlar uchun dasturi ham mavjud.

Izohlar

Mutaxassislar

Ko'p so'raladigan savollar

Ariza qoldiring

Bizga ariza qoldiring va siz bilan tez orada bog’lanamiz

+998

2018 - 2024 - Barcha huquqlar himoyalangan - localhost